Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvda erkin kurash bo‘yicha 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana Olimpiada oltin medali qo‘lga kiritilgani ham tarixiy yutuq bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari mohir kurashchi Razambek Jamalovni ham samimiy qutlab, unga yangi zafarlar tiladi.

Mamlakatimiz jamoasi erishgan yutuqlarda kumush medal sohibi – og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev, bronza medal sovrindorlari – erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev, tajribali dzyudochilarimiz  Muzaffarbek To‘raboyev, Alisher Yusupovning ham hissasi katta bo‘lgani e’tirof etildi.

O‘zA