20-avgust kuni yurtimizda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Nukus shahrida turizm sohasida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘istonda turizm sohasining rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlarga “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Jumladan “AYAZ YURT” turistik korxonasi asoschisi – Dilbar Karimberdiyeva, “TAZABAY GRAND SERVIS” va “ARAL SEA DISCOVERY” turistik korxonalari asoschisi – Tazabay Uteuliyev, “Qaldirg‘och-Mavlyuda” turistik korxonasi asoschisi – Mavlyuda Yembergenova, “DAMIR Hotel” mehmonxonasi asoschisi – Aygul Tasbayeva ushbu ko‘krak nishoniga munosib deb topildi.
O‘z navbatida taqdirlanganlar tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.