FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Golden Kids” xususiy-sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021 yil o‘z faoliyatini boshlagan.

Hozirda ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida “Anasay” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi oilalarning jami 150 nafar farzandi tarbiyalanmoqda. Bu yerda kichkintoylarning ta’lim va tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Guruh xonalari yumshoq o‘yinchoqlar, o‘quv qurollari va zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan to‘garaklar ishlab turibdi.

Muassasa rahbari Gulxan Tilovniyozovaning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy ikki qavatli binosi, imtiyozli kredit evaziga yangidan qurib bitkazilgan. Buning natijasida esa 25 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA