Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

Prezident yon qo‘shnilarimizning yillik importi 90 milliard dollar bo‘lgani bilan bizning undagi ulushimiz atigi 4 foiz ekani, yoki  MDH doirasida erkin savdo rejimi o‘rnatilgani bilan, Hamdo‘stlikdagi 500 milliard dollarlik importda bizning hissamiz 2 foizga ham bormasligini misol qilib keltirdi.

Demak, raqobat borasida hali ancha ishlashimiz zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada katta islohot boshlanib, ikki oy oldin alohida farmon bilan metallurgiya, kimyo, energetika va telekommunikatsiya tarmog‘ida eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.

Korporativ xaridlarda ishlab chiqarish uchun olinadigan mahsulotlarga ham narx ustuvorligi bekor qilinishi qayd etildi.

Bundan buyon, hech kimda alohida huquq bo‘lmasligi, xoh davlat strategik korxonasi bo‘lsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bo‘lsin, iqtisodiyotda barcha teng sharoitda ishlashi ta’kidlandi.

O‘zA