Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan bu yilgi ochiq muloqot aynan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilishining sabablarini aytdi.

Qayd etilganidek, Qoraqalpog‘istonga investitsiya kiritib, biznes qilishning boshqa hududlarga nisbatan 3 ta ustunligi bor.

Birinchisi – Qoraqalpog‘istonda biznes uchun birorta hududda yo‘q imtiyozlar paketi qilib berilgan. Jumladan, so‘nggi besh yilda alohida farmon va qarorlar bilan 52 turdagi imtiyoz va yengilliklar berildi.

Ushbu imtiyozlar hisobiga o‘tgan davrda tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi.

Bundan tashqari, 50 milliard so‘mdan yuqori loyihalarga infratuzilma qilib berishni ham davlat o‘z zimmasiga olgan.

O‘zA