Bugun xalq deputatlari Qorao‘zak tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaning kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi lavozimiga Baymuratov Anvar Maxsetovich tavsiya etildi.
Sessiyada Qorao‘zak tumani hokimi etib Baymuratov Anvar Maxsetovich tayinlandi.
A.Baymuratov bugungi kunga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.