FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘istondagi “Dovut ota” qadamjosi Qo‘ng‘irot tumani markazidan uch kilometr uzoqlikdagi Ustyurt tekisligida joylashgan.

Ziyoratgoh 1787-1874 yillar hududda yashab o‘tgan qozoq botiri Baraq-Asao‘ o‘g‘li Dovud otaning ismi bilan nomlangan. Ushbu inson o‘tmishda xalq himoyachisi sifatida tashqi dushmanlardan xalqni bir necha bor qutqarib, mardlik ko‘rsatgan. Xalq orasida uning qahramonligi haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud.

“Dovut ota” qadamjosida XVII-XVIII asrga oid tarixiy maqbaralar bor.

So‘nggi yillarda qadamjodagi obidalarni asrab qolish maqsadida restavratsiya va konservatsiya ishlarini olib borish hamda ziyoratgohni obodonlashtirishga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, tarixchi-olimlar ham ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA