Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Yoshlar oyligi”doirasida qator ma’naviy hamda ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, tuman markazidagi san’at saroyining yozgi binosida sektorlar rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tuman yoshlarining so‘nggi yillarda turli sohalarda erishib kelayotgan  yutuqlari  faxr  bilan tilga olinib, ularning muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar e’tirof etildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar bo‘yicha sektorlar rahbarlariga murojaat qilishdi. Ularning aksariyati bandlik masalasida bo‘lib, ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli soha mas’ullariga topshiriqlar berildi va ijrosi  nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Shu kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi bayoni asosida  “Mehr daftar”iga kiritilgan 18 yoshli Yodgorbek  Ziynatovga tuman markazidan  barcha zarur  anjomlar  bilan jihozlangan 1 xonali uy mulk huquqi asosida topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri