Argentinada sovuq havo tufayli mahalliy korxonalarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Mamlakatda kutilmagan past harorat kuzatilishi tufayli talab kuchayishi sharoitida elektr energiyasi yetkazishda sezilarli uzilish yuz berishining oldini olish uchun shunday chora ko‘rishga majbur bo‘ldi. Xususan. to‘qimachilik va yelim mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar cheklov to‘g‘risida xabar olgan. Shuningdek, gaz yonilg‘isi quyish shoxobchalariga ham tok uzatish vaqtincha to‘xtaydi.
Argentinada taqvim bo‘yicha qish 21-iyun kuni boshlanadi. Milliy ob-havo xizmati esa 25-26-maydayoq Buenos-Ayresda harorat ikki darajaga tushib ketishi taxmin qilingan. Mamlakat janubida havo to‘qqiz darajagacha soviydi.