So‘nggi yillarda mamlakatimizning yosh futbolchilari o‘zlarining yorqin o‘yinlari bilan dunyo futboli mutaxassislarining e’tiboriga tushmoqda.

Aniqrog‘i, o‘tgan yili kuzda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz safida porlagan Amirbek Saidovga ayni kunlarda bir necha xorijiy klublar qiziqmoqda. Jumladan, «Bunyodkor» klubi a’zosiga Angliyaning «Liverpul» jamoasi e’tibor qaratdi va uni kuzatuv ostiga oldi. Shuningdek, Rossiya Premer-ligasi vakillaridan «Krasnodar» va «Rostov» ham 18 yoshli futbolchimiz uchun kurashga qo‘shildi.

Ma’lumot o‘rnida, Amirbek Saidov 2006-yilning 1-fevral kuni tug‘ilgan. «Bunyodkor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markaziy hujumchimiz O‘zbekiston U17 terma jamoasi safida jami 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifi bo‘lgan. Har ikki qanotda ham bir maromda o‘ynay oladigan Amirbek, o‘z yosh toifasida Yaponiya, Senegal, Ispaniya, Angliya va Kanada terma jamoalari darvozalarini ishg‘ol qilgan.

***

Rossiya Premer-ligasining joriy yilgi eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogar futbolchilar ro‘yxati qisqardi.

Rossiyada yil o‘yinchisi nomi uchun kurashadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi va unda «SSKA» klubidan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev ham joy oldi. Shuningdek, yangi ro‘yxatda 30 nafar Premer-ligada to‘p tepuvchi futbolchilar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yilning avgust oyida «Paxtakor»dan «SSKA» klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

***

Yevropa Konferensiyalar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda “Aston Villa” – “Olimpiakos” o‘yinida 2:4 hisobida qayd etildi. “Fiorentina” esa o‘z maydonida “Bryugge”ni 3:2 hisobida taslim qildi.

Shuningdek, Yevropa ligasida ham yarim final o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda «Atalanta» «Marsel» bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, «Bayer» 2:0 hisobida «Roma»ni taslim qildi.

Ma’lumot uchun, javob uchrashuvlari 9-10-may kunlari tashkil etiladi.

***

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Chelsi» – «Tottenxem» bahsida «aristokratlar» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, «Chelsi» turnir jadvalida 8-o‘rnini mustahkamladi, «Tottenxem» esa 5-o‘rinda qoldi.

***

Rossiya kubogi finalida «SSKA» va «Zenit» klublari o‘zaro raqobatlashdi va uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 15-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yinda, O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoalarining asosiy futbolchilaridan biri Abbosbek Fayzullayev 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA