Ayni vaqtda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari –orttirilgan tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov bu haqda ma’lum qildi.
Uta’kidlaganidek, kelgusida yana 1 milliarddollarga teng loyihalar OTB tomnidan moliyalishtirish rejalashtirilgan.
Osiyo taraqqiyot banki hamda “O‘zbekenergo” AJ hamkorligida ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning davlat elektr energiya xoldinglari va korporatsiyalar rahbarlari, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mutaxassislari, global konsalting kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respubilkasi Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasirahbari Takeo Konishi , Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruv direktori Natasha Xanjenkova va boshqalar so‘zga chiqdi.
Energetika sohasiga bag‘ishlanganxalqaro konferensiya davom etmoqda.
Malohat Husanova, O‘zA