Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Krokus Citi Xoll” majmuasida yuz bergan terror harakatida ishtirok etganligi gumonlanayotgan yana bir kishi hibsga olindi.
“AzerTAJ” xabar berishicha, sodir etilgan mazkur xunrezlikka aloqadorligi aytilayotgan Tojikiston fuqarosi, 21 yoshli Jumaxon Qurbonov avvalroq huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari tomonidan Moskvada mayda bezorilik uchun ham ushlangan. Shubhali shaxs RFda norasmiy tarzda ishlagan, yotoqxonada yashagan. Konsert zaliga uyushtirilgan hujum yuzasidan qo‘lga olingan 12 gumonlanuvchidan 11 nafari terror, bir kishi esa chet el fuqarosini soxta ro‘yxatga olish moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.