O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida Vetnamga qarshi bahs olib bordi.
“Bangkok Arena”da o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda futzalchilarimiz Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. O‘yinda dastlab Nguyen Tin Fat 17- daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Elbek To‘lqinov 34-daqiqada god urib, hisobnt 1:1 ko‘rinishiga olib keldi. Sunnatulla Jo‘rayev esa 39-daqiqasida raqib darvozasini ishxol qildi va terma jamoamizning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi 26-aprelda o‘tadigan yarim final bahsida Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA