Eron hujumini qaytarish xarajati, sarf qilingan materiallar qiymatiga ko‘ra, Isroil uchun bir milliard dollarga tushdi, deb yozdi “Financial Times” gazetasi isroillik sobiq harbiy mulozimga tayanib.
“AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya yuborgan Eron hujumiga qarshi samolyotlar qanchaga tushgani hali hisob-kitob qilinmadi”, – deyilgan xabarda.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 14-aprel kuni tunda Isroil hududiga raketa va dron orqali zarba berdi. Hujum avvalroq Eronning Suriyadagi konsulxonasi binosiga uyushtirilgan hujumga javob bo‘ldi.
Isroil armiyasi ma’lumotida Eron Isroilga 170 dron, 30 dan ziyod qanotli va 120 dan ko‘p ballistik raketa uchirgani keltirilgan.