Hozir yosh oilalarning baxti uchun qizning qarindoshlari tomonidan to‘yga to‘yona deb mol-mulklar berish odat tusiga aylangan. Lekin turmushi o‘xshamagan yoshlar orasida ajrimlar ham kuzatilayotgan bo‘lib, kuyov tomon qizga berilgan mol-mulklarni qaytarmay qolgan hollar ham yo‘q emas.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman sudining 2023-yil 15-noyabrdagi ijro hujjatiga asosan, da’vogar M.O.ga javobgar X.A.dan uning yashash manzilida turgan deyarli 15 million so‘mlik 46 atamadagi sep mol-mulkni olib berish belgilangan. Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan joriy yilning 13-aprel kuni javobgarning yashash manziliga borilib, 46 atamadagi sep –mol-mulk da’vogar M.O.ga olib berildi va sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri