Yana bir necha kundan so‘ng Qatarda Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmalarini taqdim etadigan Osiyo kubogi musobaqasida Moskvaning SSKA klubi tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan iste’dodli futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev Olimpiya terma jamoasi safida maydonga tushadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, SSKA futbol klubi ma’muriyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Abbos Fayzullayev 26-aprel kuni Dohaga yetib boradi va terma jamoamiz safiga chorak finaldan qo‘shiladi.

Osiyo kubogi taqvimiga asosan “D” guruhidan joy olgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 17-aprel kuni o‘tkaziladigan 1-turda Malayziya olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Hamyurtlarimiz 20-aprelda Kuvayt, 23-aprelda Vetnam jamoalariga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lidagi muhim hisoblangan jahon kubogida qit’aning 16 ta terma jamoasi 4 ta guruhga bo‘lingan bo‘lib, 1,3-o‘rinlarni egallagan mamlakat vakillari to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiya yo‘llanmasiga ega chiqadi. 3-o‘rin uchun bahsda mag‘lub bo‘lgan terma jamoa Afrika kubogida 4-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘tish musobaqasida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel – 3-may kunlari Qatar yashil maydonlarida o‘tadigan U23 Osiyo kubogining guruh bochqichlaridan final o‘yiniga qadar 32 ta futbol uchrashuvi o‘tkaziladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA