Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanlararo sudining 2011-yil 22-sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi D.K.ning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun, ular voyaga yetguniga qadar qarzdor R.M.ning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatiga kirishilgan. Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan 2024-yili 21-fevral kuni cheklov o‘rnatilgan.

Qarzdor joriy yilning mart oyida Byuroning To‘rtko‘l tuman bo‘limiga kelib, chet elga chiqishga zarurati borligini bildirgan. Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga unga nisbatan o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish asoslari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Qarzdor ota o‘zi tomonidan farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan 47 million so‘mdan ortiq aliment pulini oldindan to‘ladi. Shu munosabat bilan, ota tomonidan sud qarori talabi bajarilganligi inobatga olinib, uning chet elga chiqish huquqiga nisbatan o‘rnatilgan cheklov 2024-yil 2-aprel kuni bekor qilindi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri