Jinoyatlarga jazo qo‘llashdan maqsad shu yo‘lga kirayotgan odamlarni qayta tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga tushib olishiga ko‘mak ko‘rsatish hamdir.

Qachonki, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning qilmishi ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmasa, tuzalish yo‘liga o‘tsa, bunday shaxslarga insonparvarlik tamoyili qo‘llanilishi, ya’ni jazodan ozod etilishi mumkin.

Ichki ishlar vazirligi (IIV) tizimida koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan, insonparvarlik dalolatnomasiga rasman to‘g‘ri kelgan mahkumlarga insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash yuzasidan, ularni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan toifalarga ajratish bo‘yicha tegishli komissiya faoliyat yuritmoqda. Komissiya tarkibida deputatlar, Ombudsman, jamoatchilik vakillari bor.

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, komissiya tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Mahkumlarga oid hujjatlar, ularning muassasada o‘zini qanday tutayotgani va boshqa jihatlar ko‘rib chiqilmoqda.

50-sonli manzil koloniyada komissiya a’zolari mahkumlar bilan suhbat olib bordi. Ijobiy natija qayd etgan mahkumlarga insonparvarlik tamoyili qo‘llaniladi.

Yana bir koloniyadan esa yetti nafar mahkum haqidagi ma’lumotlar sudga taqdim etildi. Sudning ajrimiga asosan ulardan to‘rt nafari Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Uch nafari Jinoyat kodeksining 74-moddasiga ko‘ra jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.

Ozod etilgan shaxslarning yashash hududidagi ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga xabar berilib, tegishli daftarga qayd etildi. Koloniya boshlig‘i tomonidan mahkumlarga ozodlikka chiqib, hayot yo‘llarini izga solishni, qaytib jinoyatga qo‘l urmaslik bo‘yicha tushuntirildi.

20-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash maqsadida komissiya majlisi o‘tkazildi. Jazo muddatini o‘tayotgan ikki nafar mahkum Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari ozod qilinishi masalasi ko‘rib chiqildi.

Insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash muddati to‘g‘ri kelgan har ikkala mahkumning hujjatlari ular tuzalish yo‘liga o‘tganligi, kun tartibi va jazoni o‘tash shartlariga doimiy rioya qilishlari inobatga olinib, insonparvarlik dalolatnomasini qo‘llash uchun sudga taqdim etildi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Mahkumlarga insonparvarlik tamoyili qo‘llanilmoqda

JamiyatTanlash

Ro‘yxatdan o‘ting
16:49 / 03.04.2024

N.Abduraimova, O‘zA