“Parij-2024” o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi Qatarda o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Shu kunlarda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiy Timur Kapadze qo‘l ostida Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Yig‘in doirasida futbolchilarimiz Qatar olimpiya tepma jamoasi bilan ikkinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Alisher Odilov va Husayn Norchayev mualliflik qildi.

O‘zbekiston va Qatar olimpiya terma jamoalarining ilk bahsi 1:1 hisobi bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Parij-2024» Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15-aprelidan 3-may sanasiga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “D” guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA