Xabaringiz bor, joriy yilning 14-aprel kuni Toshkentdagi «Humo arena» majmuasida professional boks bo‘yicha «IBA Chempionlar oqshomi» o‘tkaziladi.

Kechaning super yarim o‘rta vazn toifasidagi bahsida havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozirda tashkilotchilar tomonidan Iqboljon Xoldorovga munosib raqib qidirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Iqboljon Xoldorov professional boksdagi so‘nggi jangini 2023-yil aprel oyida meksikalik Eleazar Valensuyela Karriloga qarshi o‘tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi. Shu kunga qadar charm qo‘lqop ustamiz o‘z vaznida 5 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «IBA Chempionlar oqshomi»ning markaziy jangi Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona o‘rtasida IBA chempionlik kamari uchun kechadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA