Rossiya poytaxtida o‘tayotgan “Sambo asoschilari kubogi” musobaqalari Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” majmuasida sodir etilgan terrorchilik harakati tufayli to‘xtatildi.

Musobaqaning birinchi kunida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mahoratli sambochilarimizdan Sardor Olimjonov, Ne’mat Yoqubov, Farog‘at Nurmamatova, Muxlisa Qodirberganova va Indira Yelmuratova o‘z vaznlarida shohsupadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, sodir etilgan noxush voqea sababli kecha Rossiya Federatsiyasida motam kuni bo‘ldi. Mamlakatda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan barcha ommaviy tadbirlar, xususan, sport musobaqalari, ko‘ngilochar shoular, konsertlar, ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA