Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirda terma jamoamiz hisobi yana bitta kumush medal bilan boyidi.
Musobaqaning ikkinchi kunida vazni -81 kg bo‘lgan dzyudochi bahsida Sharofiddin Boltaboyev finalga qadar barcha raqiblarini yengib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija polvonimizga jahon va “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari reyting uchun 700 reyting ochkosini olib keldi.
Ma’lumot uchun, Sharofiddin Boltaboyev, 2021 yilgi mavsumdan beri shohsupaga ko‘tarilmayotgan edi. Musobaqa davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA