Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining yakkalik bahslari g‘olib hamda sovrindorlari aniqlandi.
Mamlakat birinchiligining shpaga yo‘nalishidagi bellashuvlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Unda yigitlar orasida Iskander Turshiyev, Karon Ismoilov, Saidakbar Ahmedov va Sardorbek Nayimov shohsupaga ko‘tarildi.
Qizlar o‘rtasida Shahzoda Egamberdiyeva mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, Aziza Hamidova kumush, Bibimaryam Saparova hamda Marvarid Zuvaydilloyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Endi yoshlar jamoaviy bahslarda raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA