Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Womenʼs Chess Championship” II xalqaro turnirida 13 ta davlatdan 100 nafardan ortiq mahoratli ayol shaxmatchi ishtirok etdi.

Sovrin jamg‘armasi 50 000 AQSH dollari bo‘lgan turnirda 1-o‘rin hamda 6 000 AQSH dollari Anastasiya Bodnaruk (“A” guruhi)ga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni Svaminatxan Soumya ( 5 000 $) va Mariyam Mkrtchyan ( 4 000 $) egalladi.

“B” guruhida g‘oliblik Gulhumor Najmiddinova (2000 $)ga nasib etdi. 2-o‘rinni Dilnoza Nurullayeva (1600 $) egallagan bo‘lsa, 3-o‘ringa Lazizabonu Komiljonova (1 000 $) loyiq topildi.

G‘olib va sovrindorlar ta’sischilar tomonidan diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA