O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14 son Farmoniga Sirdaryo daryosi o‘zanida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi:

2024-yil 1-maydan boshlab Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi;

Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgoqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

O‘zA