Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro matematika olimpiadasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari munosib ishtirok etib qaytdi.
Olimpiadaning asosiy maqsadi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, fundamental fan bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish va ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirishdan iboratdir.
Qoraqalpoq davlat universiteti matematika fakulteti talabalari 1 ta oltin, 2 ta kumush ham 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy turda universitetning birinchi jamoasi kumush, ikkinchi jamoasi bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri