Joriy yilning 29-fevral-1-mart kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida energetika tizimlari rahbarlarining navbatdan tashqari muhokamalar majlisi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi energetika tizimlari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda milliy elektr tarmoqlarini rivojlantirish va o‘zaro hamkorlik masalalari xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ishtirokchilar sohada olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalariga asosiy e’tibor qaratdi.

Tadbir doirasida “KEGOC” kompaniyasi boshqaruvi raisi N.Aytjanov “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.Isaqulovni Qozog‘iston elektr energetika assotsiatsiyasining “Xizmat ko‘rsatgan energetik” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA