Kecha Islomobodda Pokiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining 23-majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan natijalarni ijobiy baholab, ustuvor yo‘nalishlarda SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorliklarini bildirdilar.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar 8 hujjat, jumladan Qo‘shma kommyunike, Ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi, shuningdek 2025 yil uchun byudjet to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar.