Poytaxtimizda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Belarus, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston adliya vazirlari va Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari ishtirok etmoqda.
Ta’kidlanganidek, globallashuv va davlatlararo aloqalarning kuchayishi sharoitida MDH mamlakatlari huquqiy sohada faol muloqot va hamkorlikni talab etadigan yangi muammolarga duch kelmoqda.
Adliya vazirlari kengashi ishtirokchi mamlakatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Bu fuqarolar huquqlarini yanada samarali himoya qilish, huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro majburiyatlarni bajarishga xizmat qiladi.
N. Abduraimova, O‘zA