Avval xabar berganimizdek,Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha xalqaro “Gubernator kubogi” davom etmoqda. Musobaqa hal qiluvchi pallaga yetib keldi.
Unda terma jamoamizning yetakchi, kuchli bokschilari bilan ishtirok etayotgan o‘zbekistonliklar kim aslida kimligini, Olimpiada va Jahon chempionatlaridagi sovrinlar bejiz emasliginiisbotlamoqdalar.
Yarim finalda o‘n nafar vakili bilan ringga ko‘tarilgan delegatsiyamizdan yetti nafari oltin medal uchun kurashni davom ettirishga muvaffaq bo‘lishdi. Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov va Sanjar Tursunovlar musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanishdi.
Hal qiluvchi finalda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yetti nafar hamyurtimizdan ikki nafari bitta vaznda (56 kg)o‘zaro kuch sinashishi ham O‘zbekiston boks bo‘yicha o‘ziga hos salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatyapti. Demak, ertaga o‘tkaziladigan final janglarida ringga ko‘tariladigan tarkibimiz:
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)