Poytaxtimizda yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov sport infratuzilmasini rivojlantirish va davlat-xususiy sheriklik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mazkur yig‘ilishda sport infratuzilmasini rivojlantirish, xususan barpo etilgan sport maydonchalari hamda davlat-xususiy sheriklik sohasini rivojlantirishga doir bir qator taqdimotlar qilindi. Mazkur taqdimotlar atroflicha muhokama qilinib, ko‘rib chiqildi va zarur ko‘rsatmalar berildi.
Taqdimot davomida 2023 yilda erishilgan natijalar va kelgusi yillarda mazkur sohalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqilib, 2024 yil uchun rejalashtirilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha zarur tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA