BODIBILDING. Litvaning Klaypeda shahrida bodibilding bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati va fitnes bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan mamlakatimiz terma jamoasi a’zolaridan bir guruhi faxrli o‘rinlardan joy olishdi. Jumladan, Aleksandr Saxarov (Bodibilding) hamda Yelena Lisiskaya (Model) musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi. Gulnoza Niyozimbetova (Model) va Lyudmila Bogatir (klassik bodibilding) faxrli ikkinchi o‘rinlardan joy olishdi.
TRIATLON. Navoiy shahrida Olimpiya sport turlari oilasiga kiruvchi triatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi hamda chempionati yakuniga yetdi.
Dastlab startga kirishgan 15-17 yoshli sportchilar o‘rtasida poytaxtlik triatlonchilarning qo‘li baland keldi. Kamron Xo‘jayev belgilangan masofani suzib o‘tdi, keyin esa velopoyga hamda yugurish mashqlarini 37 daqiqa 28 sonida bosib o‘tib, birinchi bo‘ldi. Shu yoshdagi qizlar musobaqasida navoiylik Sevara Suyarova birinchi (41 d, 56 s), qashqadaryolik Shahlo Boboqulova ikkinchi (44 d, 36 s), yana bir mezbon sportchisi Zulayho Nurillayeva uchinchi o‘rinni (45 d, 08 s. vaqt bilan) egalladi. Shu yoshli sportchilar musobaqasida umumjamoa hisobida Navoiy viloyati vakillari birinchi, Toshkent shahri sportchilari ikkinchi, Qashqadaryolik triatlonchilar uchinchi o‘ringa ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston chempionligi va terma jamoa tarkibidan o‘rin egallash uchun 20 yoshli va undan katta bo‘lgan sportchilar startda jam bo‘lishdi. Musobaqada ishtirokchilar dastlab 1500 metr masofani suzib o‘tishlari, so‘ngra qirq kilometr masofadagi velopoygada yetakchi bo‘lish uchun intilishlari va nihoyat, 10 kilometr masofani yugurib o‘tishlari talab etildi.
Natijalarga ko‘ra, xalqaro toifadagi sport ustasi Javohir Yunusov 1 soat 51 daqiqa 36 soniya bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar toshkentlik Aleyeksandr Kurishov hamda Shohruh Yunusovga nasib etdi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda samarqandlik Dildora Xudoynazarova bahslarni 2 soat 23 daqiqa 20 soniya bilan birinchi bo‘lib yakunladi. Ikkinchi o‘rinni poytaxtlik Latofat Sodiqova (2 soat, 23 daqiqa, 48 soniya), uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati vakilasi Hayotxon Abdumannopova (2 soat, 33 daqiqa 59 soniya) egalladi.
Chempionatda umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari birinchi, andijonlik triatlonchilar ikkinchi, Samarqand viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni band etishdi.
TAEKVONDO. Bugun Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo‘yicha XXIII Osiyo chempionati start oladi.
Unda vatanimiz sharafini himoya qiluvchi 14 nafar sportchi va ikki nafar murabbiydan iborat delegatsiyamiz safarga jo‘nab ketdi. Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:
Erkaklar – Bahrom Abdullayev (54kg), Suhrob Bobobekov (58kg), Niyoz Po‘latov (58kg), Sardor Toirov (63kg), Nikita Rafalovich (74kg), Maksim Rafalovich (80kg), Jasur Boyqo‘ziyev (87kg), Dmitriy Shokin (+87kg).
Ayollar – Madinabonu Mannopova (46kg), Charos Qayumova (49kg), Zariya Qosimova (57kg), Dinoraxon Mamadibragimova (53kg), Nigora Tursunqulova (67kg), Svetlana Osipova (+73kg).
Bosh murabbiy – Akmal Ergashev, katta murabbiy – Pavel Xan.
Shuningdek, musobaqa paratekvondochilar ham o‘zaro kuch sinashishadi. Bu borada termamizni quyidagilar tashkil etdi:
K42 – Sanjarbek Muxtorov (61kg)
K44 – Javohir Aliqulov (61kg)
K42 – Farxodjon Mamaziyoyev (75kg)
K44 – Ziyodaxon Isoqova (49kg)
K44 – Guljanoy Naimova (+58kg).
O‘Q OTISH. Dunyoning 84 mamlakatidan kelgan 817 nafar sportchi
Germaniyaning Myunxen shahrida boshlangan o‘q otish sport turi bo‘yicha jahon kubogi seriyasining to‘rtinchi bosqichida ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz S.Mamedova bugun 10 metrlik nishonga pnevmatik miltiqdan o‘q otish bo‘yicha saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.
VЕLOSPORT. Bugun Rossiyaning Tula shahrida start oladigan “Grand Prix of Tula” , 30 may – 1 iyun kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan “Grand Prix of Moscow” velosport-trek yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
o‘yinlariga reyting ballarini to‘plash imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Sportchilarimiz bu turnirlarda keyrin, skretch, medison, omnium, sprint yo‘nalishlari bo‘yicha bellashadilar.
OG‘IR ATLЕTIKA. 25-30 may kunlari Fransiyaning Berk-syur-Mer shahrida og‘ir atletika (pauerlifting) bo‘yicha Yevropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.
40ta davlatdan 250ga yaqin sportchi ishtirok etishi ko‘zda tutilayotgan musobaqada yetti nafar sportchimiz ishtirok etadi. Bular – Navro‘zbek Abdurasulov (107 kg), Farhod Umirzoqov (88 kg), Yashinbek Oltiyev (72 kg), Ismira Islomova (79 kg), Roza Qo‘ziyeva (55 kg), Muslima Nuriddinova (50 kg) hamda Shaxzoda Mamadaliyeva (45 kg). Murabbiy Fazliddin Umirzoqov.
SLALOMDA ESHKAK ESHISH. Bugun Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanalida O‘zbekiston ochiq kubogining birinchi bosqich bahslari boshlandi.
Unda mamlakatimizning turli hududlar terma jamoalari, sport maktablari va muassasalar, sport kollejlari hamda klublar sportchilari ishtirok etadilar.