O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxalikovning xabariga ko‘ra, Singapur davlatida gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz Singapurda bir nechta o‘yinlar o‘tkazgan. Jumladan, Ulug‘bek Ikromov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar (yigitlar) terma jamoasi Gonkong termasini 35:30, Malayziyani 36:22, Tayvanni 31:29, Xitoy Taypeyini 31:29 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Zafar Azimov bosh murabbiyligidagi qizlar terma jamoasi ham ajoyib o‘yin namoyish etib, malayziyaliklarni 33:21, Gonkong qizlarini 30:19, Osiyoda kuchli hisoblangan yaponiyaliklarni 32:31 hisobida dog‘da qoldirgan.

Har ikkala terma jamoamizning muvaffaqiyatli yurishlari davom etishiga tilakdoshmiz.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri