Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 12:00 da Shota Rustaveli ko‘chasi, 9 uyda joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialida yangi yil bayrami bo‘lib o‘tadi.

Qorbobo va qorqiz bolalar hamda kattalar uchun qiziqarli tanlovlar, viktorinalarni o‘tkazadi.

“Uzbekistan Airways” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent-Pxuket-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar o‘yini ham aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA