O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, naslchilik sub’ektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.

Prezidentning ushbu qarori ichki iste’mol bozorini go‘sht, sut, tuxum mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish, naslchilik sohasiga xususiy investitsiyalar hajmini yanada ko‘paytirish imkonini beradi.

O‘zA