O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 27 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

26-27 dekabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlari va tog‘li tumanlarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin.

O‘zA