Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda yangi loyiha e’lon qiladi.

1 yanvardan boshlab, Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi. Maqsad: ichimlik suvidan oqilona foydalanish va  uni tejashdir.

Reyting natijalariga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon va 20 ta ko‘p qavatli uy rag‘batlantiriladi. Xususan, g‘oliblarning xonadonlariga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.

Tejamkorlik hech qachon ziyon qilmaydi. Shunday ekan, suvni tejab,  undan  oqilona foydalanish tavsiya etiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA