Besh kun ichida chamasi 50 ming muhojir noqonuniy tarzda AQSHga kirib kelgan, deb xabar beradi “RIA Novosti” “CBS” telekanali bergan ma’lumotlarga tayanib.
Migratsiyaning yangi rekordlari butun janubiy chegarasida va boshpana qidiruvchilarni ommaviy tarzda olib ketilayotgan Amerikaning yirik shaharlarida bilinmoqda.
Atigi besh kun ichida chegara patrullari qariyb 50 ming migrantni rasmiylashtirdi. Ularning hammasi AQSHga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelgan, deyiladi reportajda. Ushbu davr ichida kunlik migratsiya raqamlari uch marta 10 ming kishidan oshdi.
O‘tgan oy bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6,4 ming kishini tashkil etgan. Ayni paytda yana1,5 ming muxojir rasmiy tarzda chegara o‘tkazish punktlarida rasmiylashtirilmoqda. Amerika hukumati migratsiya siyosatini keskinlashtirish va Meksika bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirishni ko‘zda tutgan.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA