O‘zbekiston anjumanlar saroyida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha ikkinchi global forumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Forum ochilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning global forum ishtirokchilariga murojaatini Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva o‘qib eshittirdi.

Davlatimiz rahbarining murojaatida aytilganidek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha global forum an’anaga aylanib bormoqda.

– Mazkur nufuzli anjuman ikkinchi bor yurtimizda o‘tayotgani biz uchun ulkan sharaf bo‘lishi bilan birga, Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning xalqaro miqyosdagi yuksak e’tirofi, deb bilamiz, – dedi T.Norboyeva. – Ishonch bilan aytishim mumkin, barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi ushbu siyosiy forum mamlakatlarning erishgan natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishda, o‘zaro tajriba almashishda, zarur tavsiyalarni ishlab chiqish va tashabbuslarni ilgari surishda muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Norgul Abduraimova,  

Nosir Haydarov (surat),  

O‘zA muxbiri