O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan poytaxtimizda boks bo‘yicha respublika birinchiligi o‘tkazildi.

“Universal sport saroyi”da o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Shodiyor Meliqo‘ziyev, Asilbek Jalilov, Shahzod Muzaffarov, Mirazizbek Mirzahalilov, Dilshod Abdumurodov, Ruslan Abdullayev, Kamronbek Turg‘unboyev, Havasbek Asadullayev, To‘rabek Habibullayev, A’loxon Abdullayev,Samandar Jalolov, Lazizbek Mullajonov va Jahongir Zokirov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vaznlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, musobaqada Avazbek Yo‘ldoshev, Muhammadqodir Ma’murjonov, Foziljon Abdumurodov, Xudoynazar Fayzov, Asadbek Rajabov, Mujbillo Tursunov, Shavkatjon Boltayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Javohir Ummataliyev, Jasurbek Yo‘ldoshev, Shohjahon Abdullayev, Madiyar Saidrahimov va Abdurahim Jo‘rayev kumush medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA