Armanistonda o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida 4 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi.

Jumladan, 50 kilogrammgacha vazn toifasida Husan Qahhorov qozog‘istonlik Aldiyar Bahodurni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, -54 kg. vaznda Shahbozbek  Ergashev mezbonlar vakili Vanagh Galstyanni yengdi. 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Firuzjon Sadullayev albaniyalik Mirei Gurrani taslim qildi.

Vazni -75 kg.gacha bo‘lgan Ruslan Esanov esa xorvatiyalik Ivan Nekich bilan raqobatlashib g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz,  bundan avval jahon chempionati doirasida -46 kg. vaznda Maftuna Musurmonova qozog‘istonlik raqibi Aiym Tankibayeva ustidan qiyinchiliksiz g‘alabaga erishgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA