“Listapad” nomli XXIX Minsk xalqaro kino festivalida rejissyorlarimiz filmlari ham namoyish etildi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, bu yil anjumanda qatnashish uchun 107 davlatdan 2087 talab tushgan. Eng ko‘p ariza Rossiya, Eron, Hindiston, Braziliya va Xitoy tomonidan taqdim etilgan.

Festival doirasida “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi.

Taniqli kinorejissyorimiz Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” asari MDH Ijroiya qo‘mitasining “Chegarasiz kino” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan MDH bosh kotibi o‘rinbosari Leonid Anfimov mazkur kartinada hayotiy sharoit, turli sinovlardan qat’iy nazar, insonparvarlik, mehr-shafqat, do‘stlik tuyg‘ulari ustuvor ekani, muhabbatni asrab-avaylash har doim muhimligi tomoshabinga yana bir bor eslatilganini ta’kidladi.

O‘zA