Poytaxtimizda O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda yarim final janglari o‘tkazildi.

Unda Shodiyor Meliqo‘ziyev, Avazbek Yo‘ldoshev, Shahzod Muzaffarov, Foziljon Abdumurodov, Dilshod Abdumurodov, Asadbek Rajabov, Samandar Jalolov, Jahongir Zokirov, Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova, Navbahor Hamidova, Dildora Jo‘rayeva, Marjona Eshboyeva kabi bir qator charm qo‘lqop ustalari O‘zbekiston chempionligi uchun kuch sinashadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat birinchiligida bugun, 27 noyabr kuni ham yarim final janglari o‘tkaziladi. Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilar musobaqaning bronza medali bilan taqdirlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA