Bugun, 27 noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda “OKMK” va “Nasaf” klublari o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi.

Jumladan, “OKMK” mazkur turda “Al-Ittihod” bilan raqobatlashadi. Ushbu bahs soat 21:00da start oladi. “Nasaf” esa “Al-Faysaliy”ga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuv esa soat 19:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “OKMK” “S” guruhida 0 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Nasaf” musobaqaning “B” guruhida 7 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA