Buxoroda Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bag‘ishlangan “Boqiy Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli tadbirda Xalqaro musulmon ulamolar kengashi va Abu Dabi Tinchlik forumining ulamolari, O‘zbekiston, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston singari mamlakatlar muftiylari, islomshunos tadqiqotchi va diniy soha vakillari, jumladan Mir Arab madrasasi bitiruvchilari ishtirok etmoqda.

Anjuman tafsilotlari O‘zA saytida yoritib boriladi.

 

O‘zA