Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi doirasida yoshlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakkallik bahslari tashkil etildi. Unda 110 nafardan ortiq sportchi o‘zaro g‘oliblik uchun raqobatlashdi.
Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Dilnaz Murzatayeva oltin, Aziza Hamidova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahzoda Egamberdiyeva hamda Bibimaryam Saparova bronza medali bilan taqdirlandi.
Kubok bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarida Muhammadyusuf Sidiqov, Umar Olimjonov, Azamat Hudoybergenov, Meyirxan Timurov shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zbekiston kubogi musobaqalari davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA