Bugun, 23 noyabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionati bahslari boshlandi.

Dunyoning 58 mamlakatidan 500 nafardan ziyod yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirok etayotgan jahon chempionatida Bekzod Xidirov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz ham ishtirok etmoqda.

Ushbu dunyo birinchiligida mamlakatimiz sharafini 13 nafar o‘g‘il va 5 nafar bokschi qizlarimiz himoya qilmoqda.

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi mazkur jahon chempionati 2015 yildan beri ilk bor tashkil etilmoqda.

Mamlakatimiz o‘smir bokschilari qit’a chempionatining amaldagi g‘olibi sanaladi. Hamyurtlarimiz o‘tgan yili Iordaniyada tashkil etilgan Osiyo chempionatida 11 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoada birinchi o‘rinni egallagan edi.

Chempionat joriy yilning 2 dekabriga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA