Poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi saralash bahslari davom etmoqda.
Chempionatning ikkinchi kungi saralash bellashuvlarida Iqboljon Xoldorov, Xudoynazar Fayzov, Sardor Shomurodov, Suxrob Qayumov, Islom Mo‘minov, Mamasoli Mamadaliyev, Muhammad Fayzullayev, Dilorom Kenjaboyeva, Xadichabonu Ergasheva dastlabki janglarini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.
Bugun, 23 noyabr kuni O‘zbekiston chempionatida saralash va chorak final bahslari o‘tkaziladi. Chempionat bahslari “Universal” sport saroyida 11:00 dan boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA