Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan yurtimizda iqtidorli yosh bokschilarni saralash va terma jamoaga ularni qo‘shish hamda bu orqali oldinda turgan nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etish maqsadida tashkil etilayotgan mamlakat chempionatining birinchi kungi bahslari yakunlandi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Ulug‘bek No‘monov, Sindor Rizqulov, Ilyosbek Mamadislomov, Ibrohim Ishjonov, Asilbek Abdurahmonov, Sardor Kamolmirzayev, Jahongir Egamberdiyev, Meroj Saimov, Sardor Ashirov kabi bir qator iqtidorli bokschilarimiz o‘z vaznlarida g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun, 22 oktyabr kuni, charm qo‘lqop ustalari chempionat doirasida saralash janglarini o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA