G‘azo sektorini boshqaruvchi XAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya yarashuv bo‘yicha siljish bo‘layotganini ma’lum qildi. Harakat o‘z javobini Isroil bilan olib borilayotgan muzokaralarda Qatar va boshqa vositachilarga bergan.
O‘tgan hafta “Washington Post” gazetasi AQSH, Isroil va XAMAS garovda ushlab turilganlarni ozod qilish sharti bilan G‘azo sektorida janglarni besh kunga to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishayotgani haqida xabar tarqatgan edi.